بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
Nikoh toʻyiga taklifnoma
Oʻgʻlimiz
Abdulloh
uylanmoqda
24102026
Assalomu alaykum
Hurmatli mehmon!
Alloh taoloning irodasi bilan oʻgʻlimiz Abdulloh uylanmoqda.
Ushbu quvonchli kunimizda Sizni oilangiz bilan dasturxonimiz toʻrida koʻrishni istaymiz. Tashrifingiz — biz uchun sharaf, duolaringiz — eng qimmatli sovgʻa.
Hurmat bilan,Rahimovlar oilasi
وَمِنْ ءَايَٰتِهِۦٓ أَنْ خَلَقَ لَكُم مِّنْ أَنفُسِكُمْ أَزْوَٰجًا لِّتَسْكُنُوٓا۟ إِلَيْهَا وَجَعَلَ بَيْنَكُم مَّوَدَّةً وَرَحْمَةً
«Ular bilan orom topishingiz uchun sizlarga oʻzingizdan juftlar yaratgani hamda oralaringizga muhabbat va mehribonlik solgani ham Uning oyat-alomatlaridandir»
Rum surasi, 21-oyat
Yoshlarga duo
بَارَكَ ٱللَّهُ لَكَ، وَبَارَكَ عَلَيْكَ، وَجَمَعَ بَيْنَكُمَا فِى خَيْرٍ
«Alloh senga baraka bersin, ustingga barakasini yogʻdirsin va ikkovingizni yaxshilikda jamlasin»
Abu Dovud va Termiziy rivoyati